Sport | 09:00 / 27.10.2017
12396
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» 3-divizion klubini 2ta penalti yordamida mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

«Real» Ispaniya kubogining 1/16 finali birinchi uchrashuvida «Fuenlabrada» jamoasini mehmonda 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Madridliklarning raqibi mamlakat chempionati uchinchi divizionida to‘p suradi.

Asosiy tarkibsiz harakat qilgan «Real» faqatgina ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi - Marko Asensio penaltini aniq amalga oshirdi.

Shundan so‘ng Madrid klubi yana bir penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, mezbonlar o‘yinchisi Pako Kandela qoidabuzarligi uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi hamda maydondan chetlatildi. Bu safar Lukas Vaskes 11 metrlik jarimani aniq amalga oshirdi. Bahs yakunida tarkiblar soni tenglashdi - «qaymoqranglilar» safida Xesus Valexo maydondan haydaldi.

Javob uchrashuvi Madridda 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya kubogi 1/16 finalining boshqa o‘yinida «Tenerife» hamda «Espanol» 0:0 hisobida nursiz durangni qayd etdi. Ikkinchi uchrashuv «Espanol» stadionida 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
 
Fuenlabrada – Real Madrid 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 
0:1 – 63, Asensio penalti, 0:2 – 80, Vaskes penalti.
Fuenlabrada – Kodina, Armando, Kata Dias, Iribas, Dani Fernandes(Portilya, 46), Milla, Kero (Arnol, 53), Atiyenza, Frayle (Kandela, 72), Fran Garsiya, Dioni.
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Xakimi (Foylase, 81), Teo, Texero, Vaskes, Sebalos, Asensio, Lorente, Valexo, Mayoral.
Ogohlantirishlar: Fran Garsiya (62), Kandela (73), Kata Dias (84).
Chetlatishlar: Kandela (79), Valexo (89).

Mavzuga oid