Qozog‘iston Bosh vaziri qirg‘iz hamkasbining aybloviga javob qaytardi
Toshkent shahrida tashkillashtirilgan MDH Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isaqov "Qozog‘iston hukumati Erkin savdo hududi shartnomasi hamda tranzit chegara o‘tkazish imkoniyatlaridan foydalanib, qozoq-qirg‘iz chegarasida sun'iy tirbandlikni” yaratayotganini, oqibatda oddiy tadbirkorlar jabr ko‘rayotgani haqida gapirib o‘tgandi.
O‘z o‘rnida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev ayblovlarga javob qaytardi.
"Bu noto‘g‘ri fikr, deb hisoblayman va Qozog‘iston Erkin savdo hududi shartnomasi talablaridan chiqmagan holda ish olib borayotganini bildiraman. Biz hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarga tayanib, ayblovlarni asoslantirilishini so‘rayman. Biz bu haqda ochiq gapirmoqdamiz, shuningdek, javobni tez orada eshitamiz, deb o‘ylayman”, deydi u.
Bundan tashqari, qozoq Bosh vaziri o‘z nutqida chegara bojxona qismida kuchaytirilgan nazoratga izoh berib, "Erkin savdo hududi shartnomasini qo‘llab, veterinar, fitosanitar va bojxona nazorati” bo‘yicha hamkorlikka qilishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024