O‘zbekiston | 22:56 / 09.11.2017
102211
1 daqiqa o‘qiladi

Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Turobjon Ikromovich Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida xabar berildi.

Turobjon Jo‘rayev Moliya vaziri o‘rinbosari, Xalq ta'limi vaziri sifatida ishlagan (2004—2008 yy), keyinroq 2008—2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bo‘lgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2011 yilning kuzida uni Qashqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlagan, 2013 yilning sentabrida esa u qattiq tanqid qilinib, ishdan olingandi. 

Joriy yilning aprelida rahbarlik lavozimiga qaytarilgan, Toshkent viloyati, Bekobod tumani hokimi sifatida ish boshlagandi. 

U 12 iyun kuni sobiq hokim Himmat Oqbo‘tayev o‘rniga hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi.

Mavzuga oid