Nazarboyev butun dunyoni asabiylashtirayotgan holat haqida gapirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev jahonda qurollanish bo‘yicha xarajatlar darajasi o‘sib borayotgani haqida gapirdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Nazarboyev Ostona klubining uchinchi har yillik yig‘ilishida nutq so‘zladi. Uning ma'lum qilishicha, jahonda qurollanishga xarajatlar ortib bormoqda, kim tezroq qurol sotib olish bo‘yicha poyga boshlangan hamda yadro qurolini qo‘llash tahdidi yana tug‘ilgan.
"Yaqin Sharq hamda Afrikadagi harbiy harakatlar ko‘plab yillar, o‘n yillar davomida faol bosqichda turibdi. Afg‘oniston, Iroq, Ukraina, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat juda keskin. Global keskinlikning ortishi esa qurolga talabni ko‘paytirmoqda", - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev.
Uning ta'kidlashicha, jahondagi harbiy xarajatlar navbatdagi marotaba oshgan.
"Harbiy xarajatlarning o‘sishi – bu nafaqat xavfsizlikka tahdid, balki iqtisodiy hamda inson resurslarini Yerdagi rivojlanish va talablarga haqiqiy ehtiyojdan o‘ziga samarasiz tortib olishdir", - deya ma'lum qildi Nazarboyev.
"Ommaviy qirg‘in qurollari sinovi, Koreya yarim orolidagi vaziyat bugun butun dunyoni asabiylashtirmoqda. Bu holatda yirik davlatlar o‘rtasida raketalarga qarshi mudofaa masalalari, yadro qurolini qisqartirish bo‘yicha bir qarorga kelinmayapti", - deya ta'kidlab o‘tgan Nursulton Nazarboyev.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024