«Hayot tasodiflarga to‘la»: eski choyshab tufayli millionerga aylangan inson hikoyasi
AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Loren Krayttser hindularning navaxo qabilasi tomonidan 1840-yillarda tikilgan choyshabni 1,5 mln. dollarga sotdi. U bu choyshabni bir necha yil davomida «befoyda hamda iflos eski buyum» deb hisoblagan.
2005 yilda Krayttserning buvisi vafot etgach, u uning uyiga borib, bir necha kitobni olmoqchi bo‘lgan. Biroq erkakning so‘zlariga ko‘ra, barcha narsalar opasi va onasi o‘rtasida bo‘linib olingan.
Krayttser qoldirib ketilgan qoplardan birida ikkita choyshabni topib olgan, ularni buvisi o‘zining onasidan meros sifatida olgan. U opasi bilan choyshablarni bo‘lishib oldi.
Erkak butun hayoti davomida duradgor bo‘lib ishlagan. 2007 yilda esa avtomobil falokati oqibatida chap oyog‘idan ayrilgan. U o‘shandan beri ishlamagan hamda 900 dollarlik nogironlik bo‘yicha nafaqaga yashagan.
Krayttser bir necha yil davomida eski choyshab haqida eslamagan. Biroq 2011 yilda Antiques Roadshow teleshousiga ko‘zi tushib qolgan, unda baholovchi va galerist Don Ellis Arizonadan bo‘lgan keksa erkakka navaxo qabilasiga tegishli choyshabi 500 ming dollarga baholanishi mumkin ekanini aytgan.
Avvaliga qadimiy buyumlar bilan ishlovchilar choyshabga e'tibor ham berishmagan, biroq keyinchalik u bilan Monroviya shahridagi John Moran «kim oshdi» savdo uyi mutaxassislari qiziqib qolishdi.
Savdolar 2012 yilda o‘tkazildi: ular 77 soniya davom etib, choyshab 1,5 mln. dollarga sotildi.
Krayttser barcha soliqlardan so‘ng taxminan 1,3 mln. dollarning egasiga aylandi. U mablag‘larni aksiyalar va munitsipal obligatsiyalarga yo‘naltirdi, shuningdek, ikkita uy sotib oldi.
Mavzuga oid
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
20:21 / 23.09.2024
Tramp saylovda yutqazsa, yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytdi
11:30 / 23.09.2024
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
22:03 / 22.09.2024