Sport | 15:35 / 25.11.2017
51362
1 daqiqa o‘qiladi
Bokschi jang vaqtidagi nokaut tufayli vafot etdi
Salvadorlik bokschi Frantsisko Ruis hamyurti Rikardo Kortes bilan o‘tkazilgan jang davomida olgan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Boxing Scene.
Ta'kidlanishicha, Ruis jangning sakkizinchi raundida ringga yiqilgan va nokaut tufayli boshi bilan yomon tushgan, shundan so‘ng hushidan ketgan. Sportchining bosh miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, biroq tiklanish uchun imkoniyat deyarli bo‘lmagani aytilmoqda.
Salvadorlikning qarindoshlari Ruisni hayotni ushlab turish qurilmalaridan yechib qo‘yish haqida qaror qabul qilishgan.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sportchining dafn marosimi bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga oldi.
Mavzuga oid
21:16 / 12.11.2021
Salvador prezidenti jinoyatchilarga qarshi kurashga armiyani jalb qildi
10:17 / 29.07.2021
Salvadorning sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi
03:00 / 12.11.2019
Salvador prezidenti sunami xavfi tufayli aholini tepaliklarga chiqib olishga chaqirdi
14:00 / 03.11.2019