«Real» rahbariyati uchrashuvida yanvardagi asosiy nishon aniqlab olindi
4 dekabr kuni «Real» prezidenti jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda bosh direktor Xose Anxel Sanches bilan uchrashgan. Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, bir yarim soat vaqt davom etgan suhbat chog‘ida tomonlar mavsum boshidagi muvaffaqiyatsizlikni muhokama qilishgan va vaziyatdan chiqish yechimlarini izlashgan.
Yakunda Zidan va Sanches Peresni qishki transferlar vaqtida hujumchi sotib olish yoki ijaraga olish zarurligiga ishontirishgan. Klub rahbari avvaliga o‘z odatiga ko‘ra, qishda transfer amalga oshirmaslikni ma'qul ko‘rgan, ammo murabbiy va bosh direktor uni o‘z gaplariga ishontira olishgan.
Xabarda qayd etilishicha, «Qirollik klubi»ning yanvardagi asosiy maqsadi «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi bo‘ladi. Madridliklarda yana bir variant bo‘lgan. Ammo bu variant - Timo Vernerdan («Leyptsig») farqli ravishda Chempionlar ligasida boshqa klub safida maydonga tushmagani uchun Ikardi tanlangan.
Shu bilan birga, argentinalik futbolchi uchun belgilangan narx - 100 million yevro qimmatlik qilishi ham mumkin. Qolaversa, «Inter» joriy mavsumda Italiya chempioni bo‘lishni maqsad qilgan va asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishi qiyin bo‘ladi.
Ikardidan tashqari, «Real» «Atletik» darvozaboni Kepa Arrisabalagani o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallagan. Uchrashuvda tomonlar yana bir markaziy himoyachi olish borasida ham kelishib olishgan.
Mavzuga oid
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
00:08 / 07.11.2024
«Real» o‘z yo‘liga tushib olishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan 6 masala
13:17 / 06.11.2024
YChLda sensatsiyalar kuni. «Real» va «Siti» yutqazdi
12:52 / 27.10.2024