Jahon | 16:10 / 20.12.2017
17122
1 daqiqa o‘qiladi

Pakyao Filippin prezidenti bo‘lishi mumkin

Foto: AP

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga 2022 yilgi davlat rahbari uchun saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda abs-cbn.com.

U sobiq sportchiga shunday taklif bilan bokschining 39 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida chiqqan.

«Jyeneral-Santosdan bo‘lgan kambag‘al bola boks bo‘yicha jahon chempioniga, endi esa senatorga aylanishini tasavvurga ham sig‘dirish imkonsiz edi», - deya aytib o‘tdi Pakyao.

Pakyao hozirda Filippin senatori hisoblanadi hamda siyosiy faoliyatni sport bilan uyg‘unlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasidagi jahonning sobiq chempioni Menni Pakyao navbatdagi jangini Meksikada o‘tkazishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid