Foto: Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi
Toshkent shahrida Kichik halqa yo‘lining Mirobod tumani hududidagi qismida ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu yo‘l vaqtincha yopiladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi «Avtomagistral» ixtisoslashgan avtomobil yo‘llari qurish-ta'mirlash birlashmasi KUN.UZ‘ga ma'lum qildi.
«Mirobod tumani kichik halqa yo‘li hamda Kichik Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasida «Salor» kanalida joylashgan mavjud ko‘prikni qayta qurish ishlari boshlanishi hamda ushbu yo‘nalishda, yo‘l 2018 yilning 1 martiga qadar ikki tomonlama berkitilishi sababli tuman hududida joylashgan manfaatdor korxonalar, idoralar hamda aholi ogohlantiriladi», deyilgan ma'lumotnomada.
Yo‘l 23 dekabrdan bekitilishi kutilmoqda.
Tashkilot vakilining KUN.UZ‘ga aytishicha, hozirgi kunda kanal ustidan o‘tgan ko‘prikning eni 6,1 metrni tashkil qiladi va u zamonaviy talablarga unchalik javob bermay qolgan. Ko‘prik 11 metrgacha kengaytirilib mashinalar ikki tomonlama harakat qilishi (hozir mashinalar bir taraflama harakatlanadi) uchun sharoit yaratiladi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024