OAVda Kuba rahbarining iste'foga ketishi sanasi ma'lum qilindi
Kuba yetakchisi Raul Kastro o‘z lavozimini 2019 yil 19 aprelda tark etadi.
El Nuevo Herald nashrining yozishicha, Kastroning iste'foga ketishi Kuba davlat kengashiga saylovlar natijalariga ko‘ra yuz beradi. 21 dekabrda Kuba parlamenti bu saylovlarni ikki oyga ortga surdi va endi ular 19 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Kubada mamlakat rahbari ikki lavozimni bajaradi: davlat kengashi raisi va vazirlar kengashi boshlig‘i. Davlat kengashi 31 a'zodan iborat bo‘lib, parlament tomondan saylanadi.
Avvalroq Kastro 2018 yildagi saylovlarga uchinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini aytgan. Uning ehtimoliy vorisi mamlakatning birinchi vitse-prezidenti 52 yoshli Migel Dias-Kanel hisoblanadi.
Raul Kastro Kubani 2008 yil fevralidan boshqarib keladi. U Kuba yetakchisi lavozimini akasi Fidel Kastro iste'fosidan keyin egallagan. Siyosatchi hozirda 86 yoshda.
Mavzuga oid
18:40 / 08.08.2024
Olimpiadada asr voqeasi: Kubalik gigant hech kim qilolmagan ishni uddaladi
22:44 / 17.06.2024
Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Kubani tark etishni boshladi
08:32 / 14.06.2024
Rossiya floti kemalari ortidan AQSh suvosti kemasi ham Kuba qirg‘oqlariga yaqinlashdi
11:42 / 13.06.2024