O‘zbekiston | 20:20 / 21.12.2017
37354
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

Foto: KUN.UZ

21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Senatining XIII yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qaror ma'qullandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagilar:

Baxriddin Azimovich Naimov muddatsiz davrga

Dilbar Keldiyorovna Israilova o‘n yil muddatga

Janagul Ismaylovna Balkibayeva muddatsiz davrga

Mukaddas Ziyadullayevna Gulamova o‘n yil muddatga

Novruz Babakulovich Raxmanov o‘n yil muddatga

Tuygun Mamatkulovich Kurbanov o‘n yil muddatga

Xusnora Turadjonovna Xakimova o‘n yil muddatga

Shuxrat Zafarovich Saidov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylanishi ma'qullangan.

Shuningdek, boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Botirali Murodovich Diyorov, Davlatmirza Kazakdjanovich Kamilov, Olim Buriyevich Xayitov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid