Fan-texnika | 20:50 / 25.12.2017
8956
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

LG kiyimlarni parvarishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda - Styler bug‘ shkafi sig‘imi oshirildi

Foto: LG

Oilaning barcha a'zolariga 6 turdagi kiyim-kechak uchun yangi model

CES 2018 ko‘rgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi Styler shkafining sig‘imi oshirilgan, olti turdagi kiyim-kechak predmetini joylash imkonini beruvchi yangi versiyasini namoyish etadi. Wi-Fi'ga ulanish imkoniyati va boshqa intellektual funksiyalar LG Styler'dan foydalanish qulayligini oshirishga va zamonamiz foydalanuvchilarining tezkor hayotini yanada qulay qilishga yo‘naltirilgan.

Eng yangi LG Styler butun bir oila uchun garderob va aksessuar predmetlarining keng assortimenti parvarishini ta'minlaydi, alohida yondashuvni talab qiluvchi kiyim-kechaklar - ich kiyimlar, bluzkalar, palto va kostyumlardan boshlab, to jinsilar, bolalar kiyimlari yoki yumshoq o‘yinchoqlargacha. Harakatlanuvchi "yelkalar"ga beshtagacha kiyim predmetini osish mumkin, bejirim shisha eshikcha ortiga joylangan shimlar uchun maxsus press esa, 60 santimetr uzunlikdagi chiziqlarni shakllantirib, hatto katta o‘lchamdagi shimlarni ham sig‘dira oladi. LG Styler'ning kengaytirilgan ichki hajmi ko‘p joy oluvchi kiyimlar, masalan, kurtkalar va qishki paltolarni parvarish qilish imkonini beradi.

Foto: LG 

Wi-Fi'ga ulanish imkoniyati va smartfon orqali yengil boshqaruv - Styler'dan foydalanish qulayligini oshiradi. Mobil ilova yordamida parvarishlashga doir turli dasturlarni yuklash, elektr energiyasi iste'molini kuzatish va parvarishlash davri tugagani haqida xabardor olish mumkin bo‘ladi. NFC-yorliqli kiyimlar uchun smartfon ilovasi kiyim etiketini skanerlab, Styler'ni yanada samarali rejim haqida boxabar qilish imkonini beradi.  

Foto: LG 

Asosiy LG Styler shkafi kiyimlarni yumshoq dezinfeksiyalovchi va yoqimsiz hidlarni neytrallovchi, 99 foizgacha allergenlar va bakteriyalarni yo‘q qiluvchi TrueSteam™ bug‘ texnologiyasi hisoblanadi. Kiyimiga yo‘naltirilgan qaynoq bug‘, uni yangilaydi, harakatlanuvchi "yelkalar" esa kiyimlarni tekislaydi. Maxsus press shimlarning tizza sohasidagi g‘ijimlarni tekislaydi va aniq chiziqlarni shakllantirib, mukammal obrazga so‘nggi chizgilarni beradi.

"Yangi LG Styler yaxshi tashqi ko‘rinish muhim ahamiyat kasb etgan kishilar uchun mukammal qaror bo‘ladi, zero u bunday kishilarga doim tartibli ko‘rinishga ega bo‘lish imkonini beradi, - deydi LG Home Appliance&AirSolution prezidenti Song Daxyun. - O‘z garderobi borasida qayg‘urish bo‘yicha butun boshli sanoat tashkil etilgan mamlakatlarda Styler bug‘ shkafi kiyim-kechalarni parvarishlovchi tovarlar bozorida mutlaqo yangi mahsulotlar toifasiga start berdi".

Foto: LG 

9-12 yanvar kunlari Las-Vegasdagi Koferents-markaz zalida bo‘lib o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasining 11100-sonli pavilonida namoyish qilinadigan Eng yangi LG Styler'ni qo‘ldan boy bermang.

Reklama huquqi asosida

#LG

Mavzuga oid