Jahon | 23:08 / 28.12.2017
4930
1 daqiqa o‘qiladi

Namibiya Bosh vaziri o‘rinbosari​ avtohalokatda omon qoldi

Foto: namibian.com.na

Namibiya Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri payshanba kuni yuz bergan avtohalokatda tirik qolgan. Politsiya tarqatgan ma'lumotga tayanib ​mahalliy nashrlarning xabar berishicha, ularga hamrohlik qilgan uch nafar shaxs voqea joyida halok bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, mamlakat shimolida yuz bergan voqeada oq rangli yuk mashinasi Bosh vazir o‘rinbosari Netundo Nandi-Ndaitva harakatlanib ketayotgan eskort bilan to‘qnashib ketgan.

Namibian Sun nashrining xabar berishicha, Nandi-Ndaitva og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozircha uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda. Payshanba kuni oqshomda uni poytaxtdagi shifoxonalardan biriga vertolyot orqali olib borish rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga oid