Jahon | 17:30 / 02.01.2018
6163
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘dod Eron va Turkiya bilan chegara hududlarida nazorat o‘rnatdi

Foto: Anadolu

Iroq markaziy hukumati Turkiya va Eron bilan chegara hududlarida nazorat-o‘tkazuv punktlarida nazoratni o‘z qo‘liga olgan.

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyning davlat maslahatchisi Ehson ash-Shammariyning ma'lum qilishicha, Kurd muxtoriyati ma'muriyati mamlakat shimolidagi barcha nazorat-o‘tkazuv punktlarini rasmiy Bag‘dodga topshirgan.

«Iroq Kurdistoni Iroq Konstitutsiyasiga amal qilgan holda chegaradagi barcha o‘tkazuv punktlari va bojxona punktlarini, shuningdek, mamlakat shimolidagi aeroportlar nazoratini markaziy hokimiyatga topshirdi», - deya yozgan ash-Shammariy ijtimoiy tarmoqda.

Ayni vaqtda maxsus qo‘mita ish rejasi tayyorlangan va Bag‘doddagilar Arbil vakillari qarorini kutishmoqda.

«Referendum ortda qoldi», - deya qayd etgan Iroq bosh vaziri maslahatchisi. U Iroq Kurdistoni rahbariyati vakillari Bag‘dodga taklif etilganini qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid