2018 yilda harbiy xarajatlar YaIMdan 4 foizni tashkil etadi
O‘zbekistonda 2018 yilda harbiy maqsadlar uchun yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizgacha miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Xalqaro press klubning 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Moliya vazirligi Davlat byudjyeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ismoil Mamajonov ma'lum qildi.
«O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Davlat byudjyetida mudofaa doktrinasi va ilgari qabul qilingan boshqa hujjatlar asosida zarur mablag‘lar ko‘zda tutilgan. Yalpi ichki mahsulotdan qariyb 4 foizga yaqin miqdorni ajratish rejalashtirilgan», - dedi Ismoiljon Mamajonov.
Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Mudofaa doktrinasi ochiq xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash kontseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Hujjat O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantirish ustunligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan mudofaa doktrinasi orqali mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta'minlash nazarda tutilgan. Xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2017 yil yanvar-sentabr oylarida esa 5,3 foizni tashkil etgan yoki 170 trln so‘mdan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
11:54 / 14.11.2024
«Donolar kengashi» GFRning 2024 va 2025 yillar uchun YaIM prognozini pasaytirdi
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
12:16 / 18.10.2024