Jahon | 17:40 / 11.01.2018
7099
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda qozoq tilini murakkablashtirish taqiqlandi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev respublika madaniyat va sport vazirligiga jahonda umum tomonidan qabul qilingan terminlarni davlat tiliga o‘girishdagi yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga ko‘rsatma qildi.

«Davlat rahbari o‘z murojaatida qozoq tili terminalogiyasiga e'tibor qaratdi va xalqaro terminlarni o‘girib, qozoq tilini murakkablashtirmaslik zarurligini aytdi», degan Sagintayev hukumat majlisida.

U lotin yozuviga o‘tishda «xalqaro terminlar qo‘llanishida eng qulay variantlarni ko‘rib chiqish kerakligi»ni qayd etgan.

«Shu munosabat bilan Madaniyat vazirligi bu masalani ko‘rib chiqishi kerak», degan bosh vazir.

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 9 yanvar kuni Qozog‘iston xalqiga murojaat qilgandi. U qozoq tilidagi ba'zi o‘zlashtirmalarni tanqid qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «oxirgi yillarda qozoq tiliga dunyoda umum qabul qilingan 7 ming atama tarjim qilindi».

Prezident bunday «kiritmalar» ba'zida juda kulgili bo‘layotganini qayd etgan.

«Masalan, «g‘alamtor» («internet»), «qoltyrauyn» («timsoh»), «kүy sandyq» («fortepiano»). Bunday misollar juda ko‘p», degandi Nazarboyev.

Mavzuga oid