AQSh terrorchilik tashkilotlarini qonuniylashtirmoqda – Anqara
Vashingtonning Suriyada nazoratida bo‘lgan hududlarda “chegara xavfsizligi kuchlari”ni yaratish rejalari nomaqbuldir. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
“AQSh terrorchilik tashkilotini qonuniylashtiradigan qadamlarni qabul qilmoqda – bu holat tashvish uyg‘otadi. O‘z ortimizdan terrorchilikka qarshi istalgan kurashga huquqni qoldiramiz. Bizning terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashimiz ham mamlakat ichida, ham uning tashqarisida davom etadi. Turkiya o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko‘radi”, deb aytgan Kalin.
Avvalroq Defense Post nashriga IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning rasmiy vakili ma'lum qilgandek, koalitsiya Suriyada “chegaralar xavfsizligi kuchlari”ni tuzishga kirishgan.
Uning aytishicha, koalitsiya yangi kuchlarni yaratish ustida Suriya demokratik kuchlari bilan birgalikda ishlamoqda. Ayni vaqtda 230ga yaqin odam tayyorgarlikdan o‘tmoqda, yakuniy maqsad esa 30 ming kishilik guruhni tuzishdan iborat.
AQShning bu tashabbusi haqidagi xabar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning muhim bayonotidan keyin paydo bo‘lgan. Erdo‘g‘an turk armiyasi yaqin bir hafta ichida Suriyaning suriyalik kurdlar kuchlari (YPG) nazoratida bo‘lgan Manbij va Afrin shaharlarida harbiy operatsiya boshlashi mumkinligini aytgan. Ma'lumki, YPG AQSh ittifoqdoshlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:21
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42