Google sekin yuklanuvchi saytlarni jazolaydi
Google aksariyat odamlar mobil versiyadan foydalanishi, tezlik esa resurslarning eng asosiy parametrlaridan biri ekanini anglagan holda, mobil versiyada sekin yuklanuvchi saytlarga qarshi sanksiyalar kiritadi. Servis bunday sahifalarni qidiruvning birinchi sahifasidan olib tashlaydi. Kompaniya rasmiy blogida shu haqida xabar berildi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy odamlar tobora ko‘proq mobil versiyadan foydalanishmoqda. Yuklanish tezligi muhim rol o‘ynaydi, agar resurs bu parametrga javob bermasa, uning natijalari tushiriladi.
Ta'kidlash joizki, veb-sahifalar yuklanish tezligini Chrome User Experience Report, Lighthouse yoki PageSpeed Insights jihozlari yordamida o‘lchash mumkin.
Mavzuga oid
17:00 / 09.10.2024
AQSh hukumati Google'ni parchalashni talab qilishi mumkin
22:30 / 04.10.2024
YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
00:48 / 26.09.2024
Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi
22:21 / 18.09.2024