Jamiyat | 19:30 / 18.01.2018
31784
2 daqiqa o‘qiladi

Tuzning asosiy xavfi haqida ma'lum qilindi

Foto: Fotolia

Amerikalik olimlar tuzni doimiy ravishda me'yordan ortiq iste'mol qilish ichakning immun tizimida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishini aniqlashdi, bu esa insonnning kognitiv funksiyalari degradatsiyasiga olib keladi. Nature Neuroscience'da shu haqidagi ma'lumot  taqdim etildi. 

Mutaxassislar uch hafta davomida xlorid natriyni me'yordan ortiq iste'mol qilish endotelial disfunksiya, miya qon oqimining kamayishi va kognitiv tizimdagi buzilishlarga olib kelishi, lekin arterial qon bosimini o‘zgartirmasligini qayd etishdi. 

Tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhez ichakdagi T-xelperlar soni va ular tomonidan interleykin-17 molekulalarining ishlab chiqarilishini oshiradi. Mualliflar qon oqimidagi interleykin-17'ning o‘sishi mazkur parhezning miyadagi qon aylanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini qayd etishdi. 

Olimlar sichqonlarni kuzatish davomida shunday xulosalarga kelishdi. Olingan natijalar, mualliflarning ta'kidlashicha, odamlarga ham muvofiq keladi. Mutaxassislar kemiruvchilar normal ovqatlanish rejimiga qaytgan taqdirda, tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhezning salbiy natijalari chekinganini ta'kidlashdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bir kunda 5 grammdan ko‘p tuz iste'mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Bu yiliga taxminan 2,5 million o‘lim holatlarining oldini olishi mumkin.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, sayyora aholisining yarmidan ko‘pi har kuni 80-140 foizga ko‘p xlorid natriy iste'mol qiladi. Ortiqcha tuz inson organizmiga asosan non, quruq nonushta va iste'molga tayyor taomlar bilan birga kiradi. 

Mavzuga oid