O‘zbekiston | 13:18 / 26.01.2018
48375
4 daqiqa o‘qiladi

Prezidentga topshirilgan maktab qachon ish boshlaydi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 17 noyabrida iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurgan edi. Davlat rahbari kam ta'minlangan va uyga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar evaziga berish hisobiga ko‘p qavatli uylarning qurilishi va ularning kimlarga taqdim etilgani bilan ham qiziqdi.

O‘shanda prezidentga yangi uylar yonida barpo etilgan 55-o‘rta maktab va 18-maktabgacha ta'lim muassasasida o‘quvchilar va yosh bolalarga yaratilgan sharoitlar namoyish etilgandi. KUN.UZ muxbiri maktabdagi sharoitlar bilan bevosita tanishganida, haqiqatdan ham qisqa fursatda kishining ko‘nglini yorishtiruvchi ishlar qilingani hamda ta'lim maskanida barcha imkoniyatlar mujassam ekaniga guvoh bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto:Kun.uz

Ammo yaqin oradagi ko‘p qavatli uylar aholisini bir narsa qiynayapti. U ham bo‘lsa, maktabning faoliyati boshlanmayotgani. Biz vaziyatni o‘rganish uchun shu yerda yashayotgan ayrim fuqarolar bilan suhbatlashdik. Xoliqova Masturaning aytishicha, ular bu yerga Qoraqamish dahasidan ko‘chib kelishgan. 4-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li Abduqodir 2-guruh nogironi bo‘lib, Qoraqamish 2/1 mavzesidagi 326-maktabda o‘qigan. Biroq endilikda u 2 oydan oshiqroq vaqtdan beri maktabdagi tahsilini davom ettira olmayapti.

Sabab maktabning uzoqligi. Onasining aytishicha, Abduqodir qon uyushmasligi ortidan surunkali qon ketish xastaligining gemofiliya-V turi bilan og‘riydi. Shuning uchun ham bolaga uzoq maktablarga qatnab o‘qish ma'qul emas. Qolaversa, onaning so‘zlariga ko‘ra, moddiy tomondan ham o‘g‘lini Qoraqamishga har kuni oborib, olib kelishga imkoni yo‘q. 

Shu yaqin o‘rtada joylashgan 322-maktabda esa bolalar soni belgilanganidan oshib ketgani aytilmoqda. 

Biz maktab qachon ochilishiga qiziqib, Sergeli tumani hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora To‘laganova bilan uchrashganimizda 55-maktab hozircha Sergeli tuman balansiga o‘tmagani, buning uchun zaruriy hujjatlar imzolanmagani, shu boisdan u yerda o‘qituvchilar ish boshlay olmasliklarini aytdi. Tuman xalq ta'limi mudiri o‘rinbosari Nuriddin Jabborov ham maktabning qachon ochilishini bilish uning uchun ham qiziq ekanini ta'kidladi.

Ayrim kishilarning aytishicha, maktabni qurgan pudratchi tashkilot – “Yangi zamon” firmasining hujjatlarida ayrim kamchiliklar bo‘lgani sababli binonini qabul qilish bo‘yicha komissiya imzosi to‘liq bo‘lmayapti. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Xullas, mana shunaqa gaplar...Prezidentga topshirilgan binoda ta'lim boshlanishi uchun uni qabul qilish komissiyasi nimagadir imzo qo‘yishni paysalga solib kelmoqda?

Mavzuga oid