Andijonlik to‘rt egizak chaqaloqqa ism qo‘yilib, ota-onalariga sovg‘alar berildi
Bundan uch kun avval Andijon perinatal markazida Oltinko‘l tuman, Qo‘shtepasaroy qishlog‘ida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Madinaxon Abduvohidova birdaniga to‘rt chaqaloqni dunyoga keltirgani haqida xabar bergan edik.
Markaz shifokorlari tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt chaqaloq 26 yanvar kuni - 800, 1800, 1950, 1815 gramm vaznga ega holda tug‘ilgan.
Viloyat perinatal Markazi bosh shifokori bilan bog‘langanimizda, tibbiyot xodimi onaning sog‘ligi qoniqarli holatdaligi, chaqaloqlarning sutka davomida tajribali mutaxassislar nazoratida ekanligini bildirdi.
Bugun Andijon viloyat adliya boshqarmasi va Oltinko‘l tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi egizaklarga - Sultonboyev Muhammadsodiq, Sultonboyev Muhammadsolih, Sultonboyev Muhammadishoq va Sultonboyev Muhammadsafo ismlari bilan tug‘ilganlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Oltinko‘l tuman hokimi Baxtimurod Karimov va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning durkun va sog‘lom ulg‘ayishlari uchun ularning ota-onalariga eng kerakli bo‘lgan anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sovg‘a qildi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
09:34 / 16.12.2022
“Ismlar” elektron lug‘ati va mobil ilovasi yaratilmoqda
20:17 / 31.12.2021
O‘zbekistonlik nogironligi bor bolalarga Norvegiyadan yuborilgan sovg‘alar o‘g‘irlangani aytildi. Rasmiylar rad etishdi
13:40 / 16.04.2021
2021 yilning uch oyida chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma'lum bo‘ldi
14:39 / 05.01.2021