Fan-texnika | 09:45 / 09.02.2018
13618
1 daqiqa o‘qiladi
Koinotga uchirilgan Tesla mashinasi sun'iy yo‘ldosh deb tan olindi
AQSh harbiy-havo kuchlari koinot qo‘mondonligi 6 fevralda Falcon Heavy raketasida koinotga uchirilgan, qizil rangdagi Tesla Roadster mashinasini sun'iy yo‘ldoshlar katalogiga kiritdi. Bu haqda qo‘mondonlik tvitterda ma'lum qildi.
Ayni vaqtda mashina Yer orbitasi bo‘ylab harakatlanmoqda. Ro‘yxatda mashina oxirgi – 43205-raqamli sun'iy yo‘ldosh sifatida qayd qilingan.
Harbiy boshqarmada ta'kidlanishicha, mashina qolgan obektlar kabi radar va teleskoplar yordamida kuzatilishi mumkin.
SpaseX kompaniyasi mashinani fazogir ko‘rinishidagi maneken bilan birga Falcon Heavy raketasida foydali yuk sifatida koinotga uchirgan.
Mavzuga oid
00:49 / 15.09.2024
Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi
00:32 / 18.08.2024
Britaniya birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi
09:12 / 10.08.2024
Xitoyga tegishli raketa orbitada parchalanib, kosmik chiqindini hosil qildi
08:15 / 28.05.2024