O‘zbekiston | 21:10 / 15.02.2018
86927
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokurorga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar bergan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 fevraldagi PF-5344-son Farmoniga asosan Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi», deyilgan xabarda.

Adliya maslahatchisi Rustambekov yangi lavozimda Bekzod Mavlonovning o‘rnini egalladi. Mavlonov o‘tgan oy oxirida O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi Rustam Inoyatovga birinchi o‘rinbosar bo‘lgandi.

Mavzuga oid