Fan-texnika | 20:35 / 19.02.2018
11860
3 daqiqa o‘qiladi

Samsung OLED-displeylar narxi sabab muammolarga duch kelmoqda

Foto: Hi-news

Samsung va Apple nafaqat jahon smartfonlar bozoridagi asosiy raqiblar hisoblanadi, balki ularning faoliyati bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq hamdir.  Apple Janubiy Koreya gigantiga o‘z gadjyetlari uchun ko‘p sonli komponentlarga buyurtma berib, uning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanadi, Samsung esa bundan faol ravishda salmoqli daromad oladi. 

iPhone X sotuvlari kutilganidek kechmadi, bunga asosan OLED-displeylar tannarxining yuqoriligi sabab bo‘ldi. Aynan shuning uchun Samsung hozirda yangi bozorlar va mijozlarni izlashga harakat qilib, jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Samsung muammolari haqida Nikkei Asian Review nashri ma'lum qildi. 

Samsung kompaniyasi iPhone X smartfonlari uchun ko‘proq OLED-panellar yetkazib berish maqsadida ishlab chiqarish quvvatini oshirgandi, biroq uning sotuvlaridan ko‘zlangan natijaga erishilmadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, vaziyat u qadar yomon emas, albatta. Zero Apple birinchi marta o‘z smartfonini muddatidan ilgari sotuvdan olmoqda. Oxir-oqibat Janubiy Koreya kompaniyasi juda ko‘p talab bo‘lmagan displeylar bilan qolib ketdi - ular narxi balandligi tufayli hech kimga kerak bo‘lmay qoldi. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati avvalgidek nisbatan arzonroq LCD-ekranlar bilan ishlashni ma'qul ko‘rishmoqda. 

Xitoyning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilari o‘rta toifa qurilmalarni ishlab chiqarishga diqqatni qaratmoqda va faqat sanoqli kompaniyalargina o‘z mahsulotlarida OLED-displeylarni qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, faqaqt Oppo va Vivo kompaniyalarining 5-10 foiz smartfoni OLED-ekranlar bilan maqtana oladi. Bunday panellar SK-displeylardan 40 foizga qimmat turadi. O‘rta segmentdagi byudjyet smartfon va qurilmalar bozorlari o‘zaro faol raqobatga kirishgani hisobga oladigan bo‘linsa, ishlab chiqaruvchilar doimo o‘z mahsuloti komponentlarining tannarxini pasaytirishga harakat qilishadi. 

Bugunga kelib Janubiy Koreya kompaniyasi OLED bozorining 95 foizini nazorat qiladi, biroq yaqin orada bu o‘zgarishi mumkin. LG Display, shuningdek Xitoyning BOE Technology Group i Tianma Micro-electronics kompaniyalari ham o‘zlarining bu boradagi ishlab chiqarish quvvatini oshirmoqda. 

Mavzuga oid