Jahon | 16:51 / 27.02.2018
21135
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvanda hojatxona qog‘ozi «jazavasi», vaziyatga bosh vazir ham aralashdi

Foto: Reuters

Tayvan aholisi do‘konlarda hojatxona qog‘ozi zaxirasini shosha-pisha xarid qilishga kirishib ketdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Bunday xatti-harakatga mahsulot tez orada qimmatlashishi haqidagi yangiliklar sabab bo‘ldi. Bu hojatxona qog‘ozi ishlab chiqariladigan yog‘och massasi narxining o‘sishi bilan bog‘liq.

Vaziyatga Tayvan bosh vaziri Uilyam Lay ham aralashishga majbur bo‘ldi. U fuqarolarni tinchlanishga chaqirgan.

Gazetaning Tayvan OAVga asosan ta'kidlashicha, dam olish kunlari hojatxona qog‘ozi sotuvlari oddiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda 22 barobarga oshib ketgan.

Tayvan Iqtisodiyot vazirligining qayd etishicha, yog‘och massasi ishlab chiqaruvchilari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, yarim tayyor mahsulot taqchilligi kutilayotgani yo‘q.

Mavzuga oid