Singapurda barmoq izlari bo‘yicha pullar berila boshlandi
Singapurning 61 foiz moliyaviy tashkilotlari mijozlarning mablag‘larini himoyalashning biometrik tizimiga o‘tdi. Bu haqda Forrester tahlilchilari o‘tkazgan tadqiqotda aytilgan.
Aniqlanishicha, Singapur omonatlarning biometrik himoyasini kiritayotgan yoki kiritib bo‘lgan davlatlar orasida 1-o‘rinda turadi. 2-o‘rinni Xitoy (57 foiz moliyaviy tashkilotlar), 3-o‘rinni Avstraliya (50), keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (40 foiz) va AQSh (37 foiz) egallamoqda. Singapurning 56 foiz banki shaxsni barmoq izi bo‘yicha tasdiqlashdan tashqari, ovoz tahlilidan foydalanadi. Buyuk Britaniyada ovoz tizimini esa 33 foiz banklar qo‘llaydi.
Bank mijozlari ovoz yordamida o‘z hisob raqamlari haqida ma'lumot olishlari va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin. Misol uchun, Singapurning OCBC Bank banki mijozlariga omonatlar bilan amaliyotlarni iPhone’lari orqali Siri yordamida amalga oshirishga ruxsat bergan. Tahlilchilarning fikricha, Singapur yetakchilik qilayotganiga qaramay, Xitoyda biometrik himoyani tatbiq qilish uchun eng istiqbolli texnologik muhit kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024