Futbolchiga familiyasini aytgani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi
Angliyaning Janubiy Milliy Liga (6-liga) vakillari «Xemel Xempsted Taun» va «Ist Turrok Yunayted» o‘yinida qiziq voqea yuz berdi.
80-daqiqada, hisob mezbonlar foydasiga 2:0 bo‘lib turganida, ularning futbolchisi, «Arsenal» tarbiyalanuvchisi Xershel Sanches Uott hakamdan ogohlantirish oldi.
Hakam o‘yinchining futbolkasida familiyasi yozilmagani sababli, undan ismi-sharifini so‘ragan. Futbolchi Uott (Watt), deb javob bergan. Hakam esa bu javobni inglizchadagi «nima?» (What) so‘ziga o‘xshatib, yana bir marta so‘ragan. Futbolchi bir necha marta Watt, Watt deb takrorlagan. Hakam o‘zini mazax qilyapti deb o‘ylab, futbolchiga ikkinchi sariq kartani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatgan.
Shundan so‘ng, «Xemel Xempsted» sardori Jordan Parks hakam oldiga kelib, vaziyatni tushuntirgan. Referi nima bo‘lganini anglaganidan so‘ng, qizil kartani bekor qilib, Uottdan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:33 / 03.11.2024
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024