Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi – Imomali Rahmon
Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Ostonadagi maslahatlashuv uchrashuvida Markaziy Osiyoning barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olib suv-energetik zaxiralardan samarali va oqilona foydalanish mintaqa davlatlari hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb ataldi.
“Men bir necha bor baland minbarlar, jumladan BMT minbaridan Tojikiston suvdan foydalanish masalalari borasida hech qachon qo‘shnilariga muammolar tug‘dirmagani va tug‘dirmasligini aytganman. Bugun men yana bir bor biz qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmasligimizni ta'kidlab o‘tmoqchiman”, deb aytgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon uchrashuvda.
Rahmon, shuningdek, uchrashuvda mintaqa fuqarolari, o‘zaro savdo, ishchi kuchi va investitsiyalarning mintaqa davlatlari o‘rtasida erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
Uchrashuv ishtirokchilari mintaqaviy hamkorlikning barcha o‘zaro manfaatli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishgan.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqa odamlari farovonligi uchun qo‘llanishi kerak bo‘lgan boy tabiiy, transport-kommunikatsiya va inson zaxiralariga egaligi ta'kidlab o‘tilgan.
Tomonlar mavjud zaxiralar yordamida terrorchilik, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, transmilliy jinoyatchilik va diniy radikallikka qarshi birgalikdagi kurashni faollashtirishni qo‘llab-quvvatlashdi.
Markaziy Osiyo dunyoning eng suv taqchil hududlaridan biri hisoblanadi. Qirg‘iziston va Tojikistonda Markaziy Osiyodagi yirik daryolar oqimining boshi joylashgani sababli bu davlatlar suvga boy davlatlar hisoblanadi. Pastroqda joylashgan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston esa suv zaxiralarining asosiy iste'molchilari sifatida suvga katta ehtiyoj sezadi.
Mavzuga oid
15:14 / 16.11.2024
Markaziy Osiyoda O‘zbekistonning oziq-ovqat bo‘yicha tashqi savdosidagi yetakchi davlat aytildi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
17:42 / 14.11.2024