Prezident soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish haqida topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalar bilan tanishish chog‘ida soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish haqida topshiriq berdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari soya yog‘i xaridorgir va sog‘liq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur oziqa bo‘lishini ta'kidladi.
Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, aytgan masalalarini joyida hal qildi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024