Jahon | 18:33 / 06.04.2018
23904
1 daqiqa o‘qiladi

Skripalning ahvoli yaxshilandi

Foto: Depositphotos

Solsberida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning ahvoli tezda yaxshilanmoqda, deb xabar berdi «Bi-bi-si».

Shifokorlarning xabar berishicha, Skripal davolashlariga yaxshi reaksiya bermoqda va uning ahvoli «tez yaxshilanmoqda», u endi «o‘ta og‘ir holatda» emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan e'lon qilingan bayonotida o‘z holati haqida aytib o‘tgandi. 

«Men bir hafta muqaddam o‘zimga keldim va kun sayin kuchim tiklanayotganini xabar qilishdan xursandman. Men o‘zimga bildirilgan qiziqish va ko‘plab ezgu tilaklar uchun minnatdorman», - deyiladi Yuliya Skripalning bayonotida.

Mavzuga oid