Jahon | 07:49 / 07.04.2018
9215
1 daqiqa o‘qiladi
Arnold Shvartsenegger shifoxonani tark etdi
Mashhur amerikalik aktyor Arnold Shvartsenegger yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandan bir necha kun keyin Los-Anjyelesdagi shifoxonani tark etib, uyiga yo‘l oldi, deb ma'lum qildi tvitterda “Arni”ning vakili Deniyel Ketchell.
70 yoshli Shvartsenegger mart oxirida yuragidagi kateter klapanini almashtirish uchun shifoxonaga borgan. Bu amaliyot “tajribaviy” bo‘lgan va uning davomida ba'zi qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Amaliyotdan so‘ng aktyor o‘ziga kelgach, “Terminator” filmidagi iborasiga ishora qilgan holda, “I'm back" ("Men qaytdim") deb aytgan.
TMZ nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Shvartsenegger yuragida birinchi marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazayotgani yo‘q. 1997 yilda uning aortal klapanini almashtirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilgan.