Jahon | 01:00 / 07.04.2018
19110
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng tirband yo‘llarga ega shaharlari ma'lum qilindi

GoCompare sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Yevropaning yirik shaharlari yo‘llaridagi vaziyatni tahlil qilib, haydovchilar tirbandliklarda har yili necha soat o‘tkazishlarini hisoblab chiqdilar. 

Unga ko‘ra, Stokholm (Shvetsiya) va Rimda (Italiya) haydovchilar tirbandliklarda eng kam vaqt sarflaydilar – 35 soatdan. 3–5-o‘rinlarni Gannover, Rurshtadt aglomeratsiyasi (ikkisi ham Germaniya) va Lozanna (Shveytsariya) egallagan (36 soatdan).  

Yevropaning eng tirband yo‘llari yetakchi o‘ntaligi esa quyidagicha ko‘rinish olgan. E'tiborlisi, bu o‘ntalikdan Rossiyaning 5 ta shahri o‘rin olgan.

1. Moskva (Rossiya) — 91 soat

Foto: Igor Sobolev

2. London (Buyuk Britaniya ) — 73 soat

Foto: pixabay.com

3. Parij (Fransiya) — 65 soat

Foto: pixabay.com

4. Istanbul (Turkiya) — 59 soat

Foto: pixabay.com

5. Krasnodar (Rossiya) — 56 soat
6. Tsyurix (Shveytsariya) — 54 soat
7. Sankt-Peterburg (Rossiya) — 53 soat
8−9. Sochi (Rossiya) — 49 soat
8−9. Myunxen (Germaniya) — 49 soat
10. Nijniy Novgorod (Rossiya) — 47 soat

Dunyo miqyosida esa Moskva Los-Anjyelesdan keyin 2-o‘rinda turibdi. AQShning eng yirik shaharlaridan birida haydovchilar har yili yo‘llardagi tirbandliklarda 102 soat o‘tkazishga majbur bo‘ladilar. Kaliforniya megapolisi bu maqomni qatorasiga 6 yildan beri boshqa shaharga “bermayapti”.

Mavzuga oid