Timsohlar orasida ikki kun qolib ketgan baliqchi qutqarib olindi
Avstraliyada baliqchi o‘z qayig‘ida ko‘plab timsohlar yashaydigan hududda sayozlikka botib qolgan va ikki kundan keyingina qutqarib olingan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, erkak Viktoriya daryosi bo‘ylab baliq ovlashga yo‘l olgan, biroq suvning ortga qaytishi vaqtida kuchli oqimga tushib, sayozlikka o‘tirib qolgan. 12 soatdan keyin suv ko‘tarilgan, biroq suvning chuqurligi qayiqni sayozlikdan chiqarishga kamlik qilgan. Shu sababli baliqchi qayiqda keyingi kungacha qolishga majbur bo‘lgan. Navbatdagi suv ko‘tarilishi hattoki qayiqqacha ham yetib bormagan.
Shunda baliqchi vaziyatdan mustaqil chiqib keta olishiga ko‘zi yetmay, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Baliqchi 23 ming dollarlik qayig‘ini sayozlikda qoldirishni istamagani sabab politsiya vertolyoti qayiqni daryoga tortib borishiga kelishib olgan.
Qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan va baliqchi o‘z uyiga eson-omon yetib olgan.
Mavzuga oid
18:59 / 11.11.2024
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
22:21 / 09.11.2024
Avstraliya plyajlarida ochlikdan qiynalgan minglab bo‘ronqushlar jasadi paydo bo‘ldi
23:05 / 07.11.2024
Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi
19:11 / 07.11.2024