Rossiya AQShning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini bloklab qo‘ydi
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida AQShning Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tergov qilishning yangi mexanizmini joriy qilish bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasini bloklab qo‘ydi.
Hujjat uchun kengashning 12 a'zosi ovoz bergan, Rossiya va Boliviya qarshi chiqqan, Xitoy betaraf qolgan.
10 aprelda AQSh ushbu rezolyutsiya loyihasini ovoz berishga qo‘ygan. Gap Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi holatlarini tergov qilish bo‘yicha BMTning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti mutaxassislari guruhini almashtiradigan missiya haqida ketmoqda.
Hujjatda AQSh yangi mustaqil missiya hisoboti o‘rganilgandan keyin BMT Xavfsizlik kengashi 2118-sonli rezolyutsiyasi (Suriyada kimyoviy qurol ustidan xalqaro nazoratni o‘rnatish va u yerdagi kimyoviy qurolni yo‘q qilish) buzilganini ma'lum qilishi va BMT nizomining 7-bobi (tinchlikka tahdid vaziyatida harakatlarni belgilaydi) bo‘yicha choralar ko‘rishi kerakligini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
13:13
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55
AQSh razvedkasi Ukrainaning Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashiga ruxsat berilishiga qarshi
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
20:34 / 27.09.2024