«Real» uchinchi o‘ringa qaytdi
Ispaniya chempionatining 32-turida «Malaga» — «Real» uchrashuvi mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi – 2:1.
Madridliklar safida Isko va Kazemiro gollarga mualliflik qildi. Mezbonlarning goli Diyego Rolan tomonidan urildi.
Endilikda «Real» ochkolari sonini 67taga yetkazgan va Ispaniya chempionati turnir jadvalida yana uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Malaga» 17 ochko bilan oxirgi o‘rinda qolmoqda.
Keyingi turda «Malaga» «Levante» mehmoni bo‘ladi, «Real» «Atletik»ni qabul qiladi.
Primera
32-tur
«Malaga» - «Real» - 1:2 (0:1)
Gollar: Rolan, 90+3 - Isko, 29, Kazemiro, 63
«Malaga»: Roberto, Rikka, Torres, Rosales, Mikel (Rodriges, 71), Gonsales, Iturra, Lasen (Bueno, 53), Chori Kastro, Ideyye (Lestenn, 78), Rolan.
«Real»: Navas, Valexo, Teo Ernandes, Karvaxal, Ramos, Isko (Mayoral, 72), Kazemiro, Vaskes, Kovachich, Asensio (Sebalos, 66), Benzema.
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
12:33 / 15.09.2024
«Real»ga ustun va to‘sin yordam berdi, «Siti» yakkapeshqadam. Kun o‘yinlari
11:38 / 12.09.2024