Fan-texnika | 08:40 / 29.04.2018
33473
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram ishlashida muammolar kuzatilishi mumkinligi ma'lum qilindi

Telegram asoschisi Pavel Durov yevropalik foydalanuvchilarni yaqin soatlar davomida messenjer ishlashida muammolar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Serverlardagi klasterlardan biri jiddiy qizib ketgani sababli yevropalik foydalanuvchilar keyingi bir necha soat ichida ulanish bilan muammolarga duch kelishlari mumkin”, deb yozgan Durov tvitterda.

U noqulayliklar uchun uzr keltirgan va bu muammoni hal qilish ustida ish olib borilayotganini ma'lum qilgan.

16 apreldan Roskomnadzor Telegram messenjerini bloklashni boshlagan. Roskomnadzor birinchi hafta ichida messenjer o‘z ishida qo‘llagan 18 ta tarmoqostini yoki deyarli 20 mlntaga yaqin IP-adresni bloklagan.

29 aprelda O‘zbekistonda ham messenjer ishida muammolar kuzatilmoqda, jumladan unga kirib bo‘lmayapti.

P.S: Telegram messenjeri orqali KUN.UZ’ni kuzatayotgan o‘quvchilar TamTam messenjerida faoliyat yuritayotgan kanalimizga a'zo bo‘lgan holda, ilgari qanday bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday qulay va oson holda qaynoq yangiliklarni o‘qib borishlari mumkin. Buning yo‘li oson – shunchaki mana bu linkni bosing hamda bizning kanalimizga a'zo bo‘ling.

Mavzuga oid