O‘zbekistonda OAV: ma'lum bir chegaraga ega muxbirlar
Avval xabar qilganimizdek, 25 aprel kuni «Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) nodavlat tashkiloti tomonidan 2018 yilgi jahon matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 4 punktga yaxshilab, 165-o‘ringa chiqib oldi. 2017 yilda respublikamiz 169-o‘ringa joylashtirilgan edi.
O‘zbekistonni ro‘yxatda ko‘tarilishida tashkilot bir qator siyosiy mahbus-jurnalistlarning ozod etilishi, ilgari OAVga nisbatan Human Right Watch va Freedom House kabi huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayd etib kelingan bosimlarning yumshatilishini hisobga olgan, albatta.
Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda OAV «hamon yetarli tarzda nazorat ostiga olingan, boshqa mustaqil yangiliklar saytlari bloklangan, ikki nafar jurnalist 2017 yilda hibsga olingan».
Hisobotni tayyorlashda «Chegara bilmas muxbirlar» NNT quyidagi ko‘rsatkichlarni inobatga oladi:
- plyuralizm;
- OAVlarning mustaqilligi;
- tevarak-atrof va o‘zini o‘zi senzura qilish;
- qonunchilik;
- shaffoflik;
- infratuzilma.
Bizdagi OAV haqida so‘z ocha turib va ularni Butun jahon matbuot erkinligi kuni bilan tabriklab, quyidagi jihatlarga e'tiborni qaratishni lozim deb topdik.
Darhaqiqat, davlat idoralari va OAV o‘rtasida uzilish juda katta. Masalan, kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Namangan viloyatiga tashrifni amalga oshirdi.
Barcha ommaviy axborot vositalarida yagona va standart yangilikning manbasi bitta joydan —O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmatidan olindi.
Garchi yangiliklar iste'molchilarining aksariyatiga prezident Namanganga nima uchun borayotgani, u yerda qanday masalalar hal etilishi va h.k.lar juda qiziq. Lekin bu axborotlar qayerdan olinishi kerak? Natijada turli mish-mishlar tarqalmoqda: viloyat hokimi boshqa vazifaga tayinlanar ekan, u qaysidir vazirlikka kelar ekan, falon tumanning hokimi ishdan olinar ekan va h.k.
Umumiy qilib aytganda, qandaydir prognozlash, tahlil qilish yoki bo‘lmasam, yangiliklar lentasida xilma xillik yo‘q.
Yana bir ajablanarli jihat, O‘zbekiston prezidenti Buxoro va Navoiy viloyatlarida bo‘lib turganida barcha milliy nashrlar batafsil ma'lumotlarni Rossiya matbuotidan olib turdi.
Xususan, Rossiya neftining O‘zbekistonga yetkazilishi, respublikamiz hududida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi haqidagi yangiliklar ham dastlab Rossiya OAVida paydo bo‘ldi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Oliy Majlis deputatlari va senatorlari oldidagi chiqishini Turkiya prezidenti matbuot xizmatining Tvitterdagi rasmiy akkauntidan tomosha qildik.
Muxtasar qilib aytganda, mahalliy jurnalistlarimiz O‘zbekistonda bo‘layotgan voqealar haqida xorijiy manbalardan axborot axtarishiga bunday misollar juda ko‘p.
Ehtimol, hukumatda mahalliy mustaqil OAVga nisbatan ishonch paydo bo‘lsa va ular jips hamkorlikka jalb etila boshlansa, bunday holatlarga barham berilar.
Mavzuga oid
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
22:04 / 23.10.2024
O‘zbekistonning jahon qonun ustuvorligi indeksidagi o‘rni e’lon qilindi
22:02 / 17.10.2024