Jamiyat | 23:08 / 07.05.2018
18989
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 6 may kuni Boshquduq mahallasida yashovchi X.X. uyida oilaviy janjal oqibatida shu mahallada yashagan o‘g‘li, J. X.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada J.X. voqea joyida vafot etgan. X.X. qo‘lga olingan.

 

Mavzuga oid