Jamiyat | 17:33 / 25.05.2018
46701
1 daqiqa o‘qiladi

FVV yana sel xavfi haqida ma'lum qildi

Foto: Kun.uz

2018 yilning 27-28 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar bergan.

Qayd etilishicha, ushbu hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat), 28 may kuni shamol tezligi 22 m/s (79 km/soat)gacha kuchayishi, joylarda 25-30 m/s (90-108 km/soat)gacha kuchayishi kutiladi.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sel xavfi haqida ma'lum qilgandi

Mavzuga oid