Jahon | 18:18 / 28.05.2018
7683
2 daqiqa o‘qiladi

«Yevropa geosiyosat va strategiyani unutib qo‘ygan»

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy bitimidan chiqish bo‘yicha qarori shu faktni tasdiqlaydiki, progressiv Yevropa dunyodagi o‘z obro‘sini yo‘qotib bormoqda. Bu haqda The National Interest yozyapti.

Nashrning ta'kidlashicha, agarda Yevropa o‘z taqdirini xavfsiz qilmoqchi bo‘lsa, unda unga Yevropa idealizmi va yangi realizm o‘rtasida muvozanatda bo‘lish talab etiladi.

Kuch siyosati dunyosi Yevropa ustidan o‘z ta'sirini oshirmoqda. Amerikalik harbiy xizmatchilar va yadro quroli Yevropani xalqaro mojarolardan saqlab turgan bir paytda, yevropaliklar «geosiyosat va strategiyani unutib qo‘ydi», deya ta'kidlaydi nashr.

Muallifning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa «tarixiy realizm» yetishmovchiligi tufayli AQSh uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.

Yevropalik yetakchilar ko‘p holatlarda jahon siyosati bo‘yicha amerikalik strateglarga quloq tutmoqda, biroq Amerika universitetlari hamda tahlil markazlari tomonidan Yevropa ishlariga qiziqish ancha pasaygan.

The National Interest’ning fikricha, Yevropa-Amerika muloqoti teng huquqli bo‘lmagani sababli Atlantika alyansining kelajagi xavf ostida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaning NATOga nisbatan harbiy-siyosiy rejalariga jiddiy qiziqayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid