Prezident “Humo Arena” qurilishini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari tutashgan joyda qurilayotgan ko‘p tarmoqli sport saroyini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yerda qurilish ishlari 2017 yil fevral oyida boshlangan edi. Arena uch xil: muz, sport va konsert tartibida ishlaydigan bo‘ladi. Zaruratga qarab, bir holatdan boshqasiga moslashtiriladi. Unda xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling bilan shug‘ullanish, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. Shuningdek, bu yerda konsertlar, ko‘rgazma va konferensiyalar tashkil etish ham mumkin bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, mazkur majmua joriy yil dekabr oyida, Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.
Davlat rahbari majmua qurilishining borishi bilan tanishdi. Bu inshoot ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini, butun yil davomida ishlashi zarurligini ta'kidladi. Bu yerda shug‘ullanadigan sport jamoalarini shakllantirish, ular uchun sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024