Jamiyat | 10:36 / 02.06.2018
24109
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda yangi mavzuda dars soatlari kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy tadqiqotlar instituti aholining byudjyet savodxonligi hamda byudjyet ochiqligi darajasini o‘rganish maqsadida aholi o‘rtasida tegishli so‘rovlar o‘tkazadi. Bu normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilingan prezident farmoni loyihasida belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, so‘rov natijalari bo‘yicha aholining byudjyet savodxonligini yanada oshirish bo‘yicha Jahon bankining uslubiyotiga muvofiq ishlarni tashkil etish bo‘yicha texnik yordam asosida loyiha tashkil etish hamda loyiha doirasida umumta'lim maktablari uchun oila byudjyeti va davlat byudjyeti bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar yaratilishi mumkin.

Farmon loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Moliya vazirligining mamlakatimizda yoshlarning byudjyet savodxonligini oshirish maqsadida umumta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari doirasida boshlang‘ich sinflarda “Oila byudjyeti” va yuqori sinflarda “Davlat byudjyeti” mavzusida dars soatlarini kiritish to‘g‘risidagi taklifi ham tilga olingan.

Mavzuga oid