Tez yurish erta o‘lim ehtimolini kamaytirishi aniqlandi
Tez yurish barcha sabablardan erta o‘lim ehtimolini 20 foizga kamaytiradi. Avstraliya, Buyuk Britaniya va Irlandiya olimlaridan iborat xalqaro guruh shunday xulosaga keldi.
Mutaxassislar Birlashgan Qirollikning 30 yoshdan oshgan 50 mingdan ziyod aholisi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Shuningdek ularning tana massasi indeksi va jismoniy faollik darajasi ham inobatga olindi. Bunda ishtirokchilarda yurak-qon tomir va saraton kasalliklari bo‘lmasligi kerakligiga e'tibor qaratildi. To‘rt hafta davomida qatnashchilar qancha va qanday tempda yurishganini yozib yurishdi.
Ma'lumotlar ikki yil davomida to‘plandi. Tadqiqot mualliflari odamlarning aniq harakatlanish tezligini qayd etishmadi, biroq eng tez yurish kamida soatiga 4 milga (6,4 km/s) teng bo‘lganini ta'kidlashmoqda, deyiladi British Journal of Sports Medicine nashrida.
Olimlar o‘rtacha tezlikda yurgan kishilarda barcha kasalliklardan erta o‘lim ehtimoli 20 foizga, bu ishni faolroq amalga oshirganlarda esa 24 foizga kamayganini aniqlashgan. 60 yoshdan kattalar guruhida bu ta'sir yanada kuchli namoyon bo‘lgan. Bunday toifada yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi o‘lim ehtimoli o‘rtacha tezlikda yurganda - 46 foizga, yuqori tezlikda yurganda 53 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
18:37 / 29.10.2024
Olimlar gaz plitalaridan foydalanish va bevaqt o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni ma’lum qildi
18:21 / 18.10.2024
Mikroblar antiseptiklar bilan oziqlanishni o‘rganib oldi - tadqiqot
16:48 / 12.10.2024
Yolg‘izlik aqliy zaiflik rivojlanishi xavfini 30 foizdan ko‘proqqa oshiradi - tadqiqot
15:43 / 10.10.2024