Jahon | 11:08 / 05.06.2018
9864
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qari mushuk 30 yoshga to‘ldi

Foto: SWNS

Ayni vaqtda dunyoda eng qari mushuk hisoblanuvchi Rabbl (Rubble) laqabli mushuk 30 yoshga to‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi. 

Buyuk Britaniyada yashovchi meyn-kun zotidagi mushukning egasi Mishel Foster sevimli jonzoti bilan 20 yoshidan beri ajralmay kelmoqda. Foster mushugining uzoq umr ko‘rishini unga bor-yo‘g‘ini bergani bilan tushuntirmoqda. U mushugi taniqli bo‘lib ketib, e'tibordan bezovtalanmasligi uchun rekordni rasman qayd qilishni istamayotganini aytgan. 

“U yoqimli mushuk, biroq qarib biroz vaysaqi bo‘lib qolgan va e'tiborni uncha yoqtirmaydi”, deb tan oldi Foster.

Mushuk yubileyini mahalliy veterinar klinikada nishonladi, u yerda unga sovg‘a sifatida bepul ko‘rik uyushtirilgan, bir oylik dorilar zaxirasi berilgan va sevimli yeguligi tortiq qilingan. Veterinarlarning aytishicha, mushukda optimal arterial qon bosimini ushlab turish uchun unga dori berib turish kerak, qolgan tomondan esa u soppa-sog‘.

Hozirda Rabbl Ginness rekordlar kitobida eng qari mushuk sifatida qayd qilingan va shundan biroz o‘tib o‘lgan Skuter laqabli mushuk yoshida. 

Tarixdagi eng qari mushuk esa Krim Paff laqabli mushuk bo‘lgan va u 2005 yilda 38 yoshida o‘lgan.

Mavzuga oid