Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan rahbarlar ishdan olindi
Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.A. shu yili 29 may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta'lim yo‘nalishi talabalarini darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi o‘zining «Shortanbay tangi» fermer xo‘jaligiga dala ishlariga majburiy tusda mehnatga jalb qilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi saytida.
Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatni o‘rganish natijasida haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.A. talabalarni yordam berish uchun fermer xo‘jaligiga olib borganini va shu kunning o‘zida soat 10:30larda fakultet dekanatining ko‘rsatmasiga asosan talabalarni universitetga qaytarib olib kelganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini ma'lum qilgani aniqlangan.
Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.A. hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.K. 2018 yil 2 iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgani bildiriladi.
Mavzuga oid
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
21:59 / 27.08.2024
«Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi
15:20 / 26.08.2024
Buxoroda maktab o‘qituvchilari “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlanyapti
23:30 / 14.08.2024