Rossiyaning “Rostex” harbiy korporatsiyasi rahbariyati O‘zbekistonda bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasining “Rostex” oddiy turdagi qurollar, o‘q-dorilar va maxsus kimyo bo‘yicha davlat korporatsiyasining sanoat direktori S.Abramov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2-5 iyun kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qilmoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi bilan mudofaa sanoati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan. Shuningdek, Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mita va Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilgan.
Bundan tashqari, “Rostex” delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.
O‘tkazilgan uchrashuvlar yakuni bo‘yicha amaliy bayonnoma imzolangani aytilmoqda.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024