O‘zbekiston | 07:45 / 07.06.2018
10473
1 daqiqa o‘qiladi

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi raisining o‘rinbosarlari lavozimga tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Faxruddin Tohirovich Jumaniyazov O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi raisining o‘rinbosari etib;

Baxtiyor Baxriddinovich Muhammadsaidov O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 2 iyun kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlangandi.

Mavzuga oid