Jahon | 18:30 / 15.06.2018
25796
1 daqiqa o‘qiladi

Gavayida qimmatbaho toshlar «yomg‘iri» kuzatilyapti

Gavayi Katta orolidagi Kilauea vulqoni otilishi oqibatida yashil rangdagi mineral toshlar - zumradga o‘xshash bo‘lgan olivin lava yordamida chiqarib tashlandi. Bu haqda Daily Mail gazetasi yozmoqda.

Bunday kichik o‘lchamdagi toshlar vulqon jinslarida bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, aholi vulqon otilishidan so‘ng ko‘chalar va sohilbo‘ylarida paydo bo‘lgan toshlarni yig‘ib olmoqda hamda tegishli fotosuratlarni e'lon qilmoqda. Olivin turlaridan biri - peridot - qimmatbaho tosh sanaladi. Uning narxi bir qirot uchun 450 dollargacha chiqishi mumkin.

Foto: Twitter /Erin Jordan
Foto: Twitter /Erin Jordan

Gazetaning qayd etishicha, vulqon 40 kundan beri otilmoqda. Buning oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q, biroq lava 600ga yaqin uyni yo‘q qilib tashladi.

Mavzuga oid