Sport | 17:15 / 19.06.2018
20039
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi jahon chempionatida ilk qizil kartochka ko‘rsatildi

Jahon chempionati guruh bosqichi H guruhida birinchi tur doirasida Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning 3-daqiqasida janubiy amerikaliklar yarim himoyachisi Karlos Sanchesga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Slovakiyalik hakam Damir Skomina ushbu futbolchini to‘pni jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatdi va kolumbiyaliklar termasi darvozasiga penalti belgiladi.

Qayd etish kerakki, Sanches joriy chempionatda qizil kartochka olgan ilk futbolchi bo‘ldi, bu shuningdek jahon chempionatlari tarixida kolumbiyalik futbolchiga ko‘rsatilgan ilk qizil kartochkadir.

Belgilangan penaltini Kagava aniq amalga oshirdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Mavzuga oid