Sport | 20:14 / 19.06.2018
6938
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya - Kolumbiya o‘yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Yuya Osako Kolumbiyaga (2:1) qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda FIFA sayti xabar bermoqda.

Osako o‘yinda dastlabki gol urilgan vaziyatda ishtirok etgan, ikkinchi bo‘limda esa g‘alaba keltiruvchi golni urgan edi.

Yaponiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 24 iyun kuni Senegalga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid